Biznesingiz uchun Telegram bot — 1 kunda tayyor
Buyurtma, navbatga yozilish, balans va mijozlar bazasi — hammasi bitta bot va bitta panelda.
- 14 kun bepul
- Karta talab qilinmaydi
- O'zbek va rus tilida
Botsoz raqamlarda
Yangilandi: bugun 21:46Kerakli modullarni yoqasiz — bot o'zi moslashadi
Har bir modul alohida yoqiladi. Restoranga savat va yetkazish, salonga navbat va mutaxassislar.
- Katalog va menyuRasm, narx va tavsif bilan — mijoz botda ko'rib tanlaydi
- Buyurtma va yetkazib berishSavat, manzil, yetkazish yoki olib ketish
- Navbatga yozilishXizmat, usta va bo'sh vaqtni mijoz o'zi tanlaydi
- Shaxsiy hisob (balans)Mijoz balansni to'ldiradi va undan to'laydi
- Onlayn to'lovPayme va Click orqali to'lov qabul qilish
- Mijozlar bazasiIsm, telefon va xaridlar tarixi sizda saqlanadi
- RassilkaAksiya va yangiliklarni barcha mijozlarga yuborish
- Fikr va baholarHar buyurtmadan keyin baho so'raladi
- Guruhga bildirishnomalarYangi buyurtma darhol oshxona yoki kassa guruhiga
- Ikki til (uz/ru)Mijoz botni o'zbek yoki rus tilida ishlatadi
To'rt qadamda ishga tushadi
- 1Biz bilan bog'lanasizFormani to'ldirasiz yoki Telegram'da yozasiz — biznesingiz haqida qisqacha gaplashamiz.
- 2Sohangiz shablonini tanlaymizRestoran, salon yoki klinika — kerakli modullar tayyor holda yoqiladi.
- 3Botingizni ulaymiz va sozlaymizMenyu yoki xizmatlar, narxlar, ish vaqti va to'lov kartalarini birga kiritamiz.
- 4Mijozlar buyurtma beradiSiz esa hammasini telefon yoki kompyuterdan, paneldan boshqarasiz.
Sohangiz uchun tayyor shablon
Menyu, savat va yetkazib berish — kuryersiz ham, kuryer bilan ham
- Menyu rasm va narxlar bilan — mijoz savat yig'adi
- Yetkazish yoki olib ketish, manzil xaritadan
- Buyurtma darhol oshxona guruhiga tushadi
- Balansdan, Payme/Click yoki naqd to'lov
Mijozlaringiz — sizniki, daromadingiz — sizniki
Agregatorlar yangi mijoz olib keladi, lekin har buyurtmadan ulush oladi va mijoz bazasi ularda qoladi. O'z botingiz bilan doimiy mijozlaringizga to'g'ridan-to'g'ri xizmat qilasiz.
| Agregatorlar | Botsoz | |
|---|---|---|
| Komissiya | Har buyurtmadan 15–25% | 0% — faqat oylik obuna |
| Mijozlar bazasi | Agregatorda qoladi | Sizda: ism, telefon, xaridlar tarixi |
| Brend | Agregator ilovasi ichida, raqobatchilar yonida | O'z botingiz: @sizning_bot |
| Mijozga to'g'ridan-to'g'ri xabar | Mumkin emas | Rassilka va shaxsiy xabarlar |
| Pul qachon keladi | 7–14 kun ichida | Darhol kartangizga |
| Ishga tushish muddati | 14–30 kun: shartnoma va tekshiruv | 1 kun |
Har bir tarifda 14 kun bepul sinov
- Katalog
- Buyurtma yoki Navbat
- Balans (shaxsiy hisob)
- Guruhga bildirishnomalar
- 1 ta xodim
- Start'dagi hammasi
- Buyurtma va Navbat birga
- Onlayn to'lov (Payme, Click)
- Fikr va baholar
- Mijozlar bazasi
- Rassilka (oyiga 4 ta)
- 3 ta xodim
- Biznes'dagi hammasi
- Cheksiz rassilka
- Promokod va keshbek
- Bir nechta filial
- 10 ta xodim
- Ustuvor yordam
Ko'p beriladigan savollar
Javob topmadingizmi? Bizga yozing — 1 ish kuni ichida javob beramiz.
Botni @BotFather'da 2 daqiqada o'zingiz yaratasiz (qadamma-qadam qo'llanma) yoki buni biz qilib beramiz. Qolgan barcha sozlash — menyu, narxlar, to'lov — jamoamiz bilan birga bajariladi.
Ha. Bot sizning nomingiz va username'ingiz bilan ishlaydi, mijozlar bazasi sizga tegishli. Botsoz'dan voz kechsangiz ham bot sizda qoladi.
Obuna oylik yoki yillik to'lanadi — karta yoki bank o'tkazmasi orqali. Mijozlaringiz to'lovlari to'g'ridan-to'g'ri sizning kartangizga yoki Payme/Click hisobingizga tushadi.
Panelga faqat Telegram orqali tasdiqlangan xodimlar kiradi, har bir amal jurnalga yoziladi.
14 kun bepul, karta ma'lumoti so'ralmaydi. Sinov oxirida tarifni tanlaysiz yoki to'xtatasiz.
Ha. Modullarni istalgan vaqtda yoqib-o'chirasiz, mijozlar bazasi va balanslar saqlanib qoladi.