Internet do'kon uchun Telegram bot
Telegram'da to'liq internet do'kon: katalog, savat, yetkazish va to'lov. Do'kon uchun bot rang va o'lcham bo'yicha qoldiqni hisoblaydi, tugagan variantni sotmaydi va jo'natilganda mijozga trek raqamini yuboradi. Instagram'dagi «narx direktda» savollari o'rniga mijoz hammasini botda ko'radi.
Do'kon boti nima qila oladi
Variantli katalog
Har bir mahsulot rasmlari, rang va o'lcham variantlari bilan. Har variantning o'z narxi va qoldig'i bor.
Qoldiq hisobi
Mijoz savatga qo'shganda mahsulot band qilinadi, buyurtma bekor bo'lsa qaytadi. Kam qolgan mahsulotlar haqida ogohlantirish keladi.
Excel'dan yuklash
Yuzlab mahsulotni bitta Excel fayl bilan qo'shasiz yoki yangilaysiz. Xatoli qatorlar alohida faylda qaytariladi.
Promokodlar
Foiz yoki summa chegirmasi, muddat, limit va «faqat birinchi xarid uchun» shartlari.
Yetkazish hududlari
Tuman bo'yicha narx va muddat, bepul yetkazish chegarasi va olib ketish punktlari.
Jo'natish va trek
Buyurtma jo'natilganda mijozga trek raqami boradi — «qachon keladi?» degan savollar kamayadi.
Mijozlar va rassilka
Xaridlar tarixi saqlanadi. Yangi kolleksiya yoki chegirma haqida barcha mijozlarga xabar yuborasiz.
Nega do'kon uchun bot
Instagram yoki Telegram kanal orqali sotishda eng ko'p vaqt narx va o'lcham haqidagi savollarga ketadi. Do'kon uchun bot bu savollarga o'zi javob beradi: mijoz katalogni ko'radi, mavjud o'lchamni tanlaydi va buyurtma beradi. Siz esa faqat tayyor buyurtmalarni jo'natasiz.
Internet do'kon Telegram bot sifatida ishlaganda qoldiq har doim aniq bo'ladi — bir mahsulot ikki mijozga sotilmaydi. Har bir xarid mijoz kartasiga yoziladi, shuning uchun yangi kolleksiya chiqqanda kimga va qanday taklif yuborishni aniq bilasiz.
Telegram do'kon qanday ishga tushadi
- 1Ariza qoldirasizMahsulotlar soni, variantlar va yetkazish usuli haqida gaplashamiz.
- 2Katalogni yuklaymizMahsulotlar Excel shablon orqali bir martada yuklanadi, rasmlar havoladan olinadi.
- 3Yetkazish va to'lovni sozlaymizHududlar, narxlar, olib ketish punktlari va to'lov kartalari kiritiladi.
- 4Sotuv boshlanadiBot havolasini Instagram, Telegram kanal va qadoqdagi QR-kodga qo'yasiz.
Kimlar uchun
Internet do'kon Telegram'da — onlayn sotadigan yoki do'konini onlayn kengaytirmoqchi bo'lgan biznes uchun.
- Kiyim va poyabzal do'konlari
- Kosmetika va parfyumeriya
- Bolalar tovarlari
- Elektronika va aksessuarlar
- Uy-ro'zg'or buyumlari
- Instagram'da sotadigan do'konlar
Marketpleys o'rniga o'z do'koningiz
Marketpleyslar har sotuvdan ulush oladi va mijoz bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqa qilish imkonini bermaydi. Telegram'dagi o'z do'koningizda mijoz sizniki bo'lib qoladi.
- Sotuvdan komissiya yo'q
- Mijozlar bazasi va xaridlar tarixi sizda
- Rassilka orqali qayta sotuv
- Narx va aksiyalarni o'zingiz boshqarasiz
Har bir tarifda 14 kun bepul sinov
- Katalog
- Buyurtma yoki Navbat
- Balans (shaxsiy hisob)
- Guruhga bildirishnomalar
- 1 ta xodim
- Start'dagi hammasi
- Buyurtma va Navbat birga
- Onlayn to'lov (Payme, Click)
- Fikr va baholar
- Mijozlar bazasi
- Rassilka (oyiga 4 ta)
- 3 ta xodim
- Biznes'dagi hammasi
- Cheksiz rassilka
- Promokod va keshbek
- Bir nechta filial
- 10 ta xodim
- Ustuvor yordam
Do'kon boti haqida savollar
Javob topmadingizmi? Bizga yozing — 1 ish kuni ichida javob beramiz.
Excel shablonni to'ldirib yuklaysiz — rasmlarni havola bilan ko'rsatish mumkin.
100 tagacha: masalan, 5 rang × 6 o'lcham. Har biriga alohida narx va qoldiq.
Oflayn sotuvni panelda qoldiqdan ayirasiz — barcha o'zgarishlar «Qoldiq tarixi»ga yoziladi.
Ha, har viloyat uchun alohida yetkazish hududi va narx kiritasiz, jo'natganda trek raqam yuborasiz.
Kartaga o'tkazma, balans yoki Payme/Click. To'lanmagan buyurtma ma'lum vaqtdan keyin bekor qilinib, qoldiq qaytadi.
Boshqa sohalar
Botsoz turli sohalar uchun tayyor shablonlar bilan ishlaydi.