O'quv markazi uchun Telegram bot
Kursga yozilishdan oylik to'lovgacha — hammasi bitta botda. O'quv markazi uchun bot arizalarni qabul qiladi, sinov darsiga eslatadi, davomatni ota-onaga yetkazadi va to'lov muddatini eslatib turadi. Jadval, guruhlar va qarzdorlik paneldan boshqariladi.
O'quv markazi boti nima qila oladi
Kursga yozilish
O'quvchi kursni, darajani va qulay guruhni tanlab ariza qoldiradi. Arizalar alohida sahifada, holati bilan.
Sinov darsi
Sinov darsi sanasini belgilaysiz — bot o'quvchiga oldingi kuni eslatadi.
Guruhlar va jadval
Kurs, o'qituvchi, xona va dars kunlari. O'qituvchi yoki xona bir vaqtda ikki guruhga tushsa, panel ogohlantiradi.
Davomat va ota-onaga xabar
O'qituvchi davomatni telefondan belgilaydi. «Kelmadi» bo'lsa, ota-onaning Telegram'iga darhol xabar boradi.
Oylik to'lov va qarzdorlik
Har oy hisob avtomatik yaratiladi, oy o'rtasida qo'shilganlarga summa qolgan darslar bo'yicha hisoblanadi.
To'lov eslatmalari
Muddatdan oldin va keyin bot o'quvchiga va ota-onaga eslatadi — qarzdorlik kamayadi.
Dars ko'chirilsa xabar
Bayram yoki ko'chirilgan darsni belgilaysiz — guruhdagi hammaga yangi sana va vaqt yuboriladi.
Nega o'quv markaziga bot kerak
O'quv markazida administrator vaqtining katta qismi takroriy ishlarga ketadi: arizalarni yozib olish, qarzdorlarga qo'ng'iroq, ota-onalarga davomat haqida xabar berish. O'quv markazi uchun bot bularni avtomatik bajaradi va administrator yangi o'quvchilar bilan ishlashga ko'proq vaqt topadi.
Ota-onalar uchun ham qulay: farzandi darsga kelmasa yoki to'lov muddati yaqinlashsa, xabar Telegram'ga keladi. Kursga yozilish boti orqali markaz shaffof ishlaydi — bu esa ota-onalar ishonchini va o'quvchilarni saqlab qolishni oshiradi.
Kursga yozilish boti qanday ishga tushadi
- 1Ariza qoldirasizKurslar, guruhlar soni va to'lov tartibi haqida gaplashamiz.
- 2Kurs va guruhlarni kiritamizKurslar, o'qituvchilar, xonalar va dars jadvali kiritiladi, mavjud o'quvchilar qo'shiladi.
- 3To'lov va eslatmalarni sozlaymizHisob yaratish kuni, eslatma muddatlari va ota-onaga xabarlar yoqiladi.
- 4O'quvchilar botdan foydalanadiDarslar, davomat va to'lovlar haqidagi ma'lumot o'quvchi va ota-onada doim bo'ladi.
Kimlar uchun
Guruhlar bilan ishlaydigan va oylik to'lov oladigan har qanday o'quv markazi uchun.
- Til markazlari (IELTS, CEFR)
- Abituriyentlarni tayyorlash kurslari
- IT va dasturlash maktablari
- Bolalar rivojlanish markazlari
- Musiqa va san'at maktablari
- Sport seksiyalari
Qo'ng'iroq va daftar o'rniga bot
Administrator har oy qarzdorlarga qo'ng'iroq qiladi, ota-onalar esa farzandi darsga kelganini bilmaydi. Bot bu ishlarni avtomatik bajaradi va jadvalni bitta joyda saqlaydi.
- To'lov eslatmalari avtomatik
- Ota-ona davomatdan xabardor
- Arizalar yo'qolmaydi
- Jadval to'qnashuvlari oldindan ko'rinadi
Har bir tarifda 14 kun bepul sinov
- Katalog
- Buyurtma yoki Navbat
- Balans (shaxsiy hisob)
- Guruhga bildirishnomalar
- 1 ta xodim
- Start'dagi hammasi
- Buyurtma va Navbat birga
- Onlayn to'lov (Payme, Click)
- Fikr va baholar
- Mijozlar bazasi
- Rassilka (oyiga 4 ta)
- 3 ta xodim
- Biznes'dagi hammasi
- Cheksiz rassilka
- Promokod va keshbek
- Bir nechta filial
- 10 ta xodim
- Ustuvor yordam
O'quv markazi boti haqida savollar
Javob topmadingizmi? Bizga yozing — 1 ish kuni ichida javob beramiz.
Summa o'sha oyda qolgan darslar soniga qarab avtomatik hisoblanadi.
Unda xabar o'quvchining o'ziga boradi. Ota-ona istalgan vaqtda botga /start bosib ulanadi.
Administrator to'lovni panelda kiritadi — hisob yopiladi va o'quvchiga tasdiq boradi.
Ha, xodim sifatida qo'shiladi va davomatni belgilaydi. Moliyaviy sozlamalar faqat egasida.
Har bir filialning guruhlari va xonalari alohida yuritiladi, barcha ma'lumot bitta panelda.
Boshqa sohalar
Botsoz turli sohalar uchun tayyor shablonlar bilan ishlaydi.