BotFather nima
@BotFather — Telegram'ning rasmiy boti, u boshqa botlarni yaratadi va boshqaradi. Uning yordamida yangi bot ochasiz, nomini va rasmini o'zgartirasiz, tokenni olasiz yoki yangilaysiz. BotFather'ning o'zi hech qanday buyurtma yoki yozilish qabul qilmaydi — u faqat botingizning «pasport stoli».
Qidiruvda @BotFather deb yozganda nomi yonida ko'k tasdiq belgisi bor botni tanlang. O'xshash nomli soxta botlar tokeningizni o'g'irlashga urinishi mumkin. Bitta Telegram akkaunti 20 tagacha bot yaratishi mumkin.
Bot ochish: /newbot
- BotFather'ni oching va Start tugmasini bosing.
/newbotbuyrug'ini yuboring.- Nom yozing — bu suhbatlar ro'yxatida ko'rinadigan nom, masalan «Gulnora Beauty». Unda bo'sh joy, o'zbek va rus harflari bo'lishi mumkin.
- Username yozing — botning manzili. Talablar: 5–32 belgi, faqat lotin harflari, raqamlar va pastki chiziq, oxiri
botbilan tugaydi. Masalan,gulnora_beauty_bot.

Username qabul qilingach, BotFather tabrik xabari va token yuboradi. Bot tayyor: uni t.me/gulnora_beauty_bot havolasi orqali ochish mumkin, lekin u hali javob bermaydi — buning uchun tokenni dastur yoki konstruktorga ulash kerak.
Nom yoki username'ni keyin o'zgartirsa bo'ladimi? Nomni istalgan vaqtda o'zgartirasiz. Username'ni ham o'zgartirsa bo'ladi, lekin eski havola ishlamay qoladi — vizitka va QR-kodlarni qayta chiqarishga to'g'ri keladi. Shuning uchun username'ni boshidan o'ylab tanlang.
Token nima va u qanday ko'rinadi
Token — 7412345678:AAH... ko'rinishidagi qator: ikki nuqtagacha botning raqamli ID'si, keyin 35 belgilik maxfiy qism. Token orqali dastur Telegram'ga «men shu botman» deb murojaat qiladi. Kimda token bo'lsa, o'sha bot nomidan xabar yuboradi, mijozlar yozganini o'qiydi va bot sozlamalarini o'zgartiradi.
Tokenni nusxalash uchun BotFather xabaridagi token ustiga bosing — Telegram uni avtomatik nusxalaydi.
Tokenni qayta ko'rish va yangilash
Tokenni yo'qotib qo'ysangiz, uni BotFather'dan qayta ko'rasiz:
/mybotsbuyrug'ini yuboring va botingizni tanlang.- API Token tugmasini bosing — BotFather joriy tokenni ko'rsatadi.
- Token begona qo'lga tushgan bo'lsa yoki dasturchi bilan ishni tugatgan bo'lsangiz, Revoke current token ni bosing. Yangi token beriladi, eskisi shu zahoti ishlamay qoladi.

Tokenni yangilagandan keyin uni botni ishlatadigan tizimga qayta kiritish kerak. Botsoz'da bu Sozlamalar → Bot → Tokenni yangilash orqali bir daqiqada qilinadi. Shunda bot to'xtamaydi, mijozlar va buyurtmalar tarixi saqlanib qoladi.
Tokenni xavfsiz saqlash qoidalari
- Tokenni chat, guruh, e-mail yoki skrinshot orqali yubormang. Dasturchiga kerak bo'lsa, ish tugagach tokenni yangilang.
- Tokenni faqat botni ishlatadigan tizimga kiriting: o'z serveringizga yoki konstruktor sozlamalariga. Ishonchli platforma tokenni shifrlangan holda saqlaydi — Botsoz ham shunday qiladi.
- Tokenni ochiq kodga (GitHub va h.k.) joylamang. Ochiq repozitoriylardagi tokenlarni maxsus botlar bir necha daqiqada topadi.
- Bot ichida g'alati xabarlar paydo bo'lsa yoki sozlamalar o'z-o'zidan o'zgarsa, darhol tokenni yangilang.
